Pley-off musobaqasida tennis bo‘yicha O‘zbekiston termasi “Devis Kubogi”ning jahon guruhiga chiqish uchun Avstraliya jamoasi bilan bellashadi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.

Foto: headline.kz

Foto: headline.kz

Pley-off matchiga qur’a tashlash marosimi 8-aprel, seshanba kuni, Londonda o‘tkazildi.

Uchrashuvlar 2014-yilning 12—14-sentabr kunlari Avstraliyada o‘tkaziladi. G‘olib jamoa 2015-yil mavsumida “Devis Kubogi”ning jahon guruhiga chiqish yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Jahon ligasining pley-offiga yo‘llanmani Xitoyning Tyanjin shahrida o‘tgan tennis bo‘yicha norasmiy jahon chempionatida mezbonlarni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib qo‘lga kiritgan edi.