FIFA rasmiy saytida milliy terma jamoalarning aprel oyi reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘tgan oyga nisbatan ikki pog‘ona yuqorilab, 53-o‘ringa chiqib oldi. Ayni paytda O‘zbekiston termasi hisobida 577 ochko mavjud. Osiyoda esa terma jamoamiz uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Foto: blogspot.com

Foto: blogspot.com

Dunyo reytingida 38-o‘rinda turgan Eron Osiyo qit’asida hamon peshqadamlik qilmoqda. Shuningdek, Osiyoda O‘zbekistondan oldinda turgan Yaponiya dunyo reytingida 47-o‘rinni egallagan.

Umumiy ro‘yxatni haligacha “Qizil furiya” — Ispaniya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Undan so‘ng Germaniya va Portugaliya terma jamoalari joy olgan.

Reytingning to‘liq ko‘rinishi bilan FIFA rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.