O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2014-yilning 14-oktabrida Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi xabariga tayanib Uff.uz ma’lum qildi.

Foto: sports.ru

Foto: sports.ru

Avvalroq, milliy terma jamoa oktabr oyida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida xabar berilgan edi. Birinchisi 6-oktabrda Qatar terma jamoasi bilan, ikkinchisi esa 10-oktabrda Bahrayn terma jamoasi bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Ta’kidlash joiz, har uchala o‘yin safarda bo‘lib o‘tadi. Qatarga qarshi o‘yin Dohada tashkil qilinsa, Bahrayn va BAA termalariga qarshi o‘yinlar Dubayda o‘tkaziladi.