Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida shaxmat bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida FIDE Gran-Prisining to‘rtinchi bosqich musobaqalari boshlandi. 8-aprel kuni musobaqalarning ochilishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda birinchi turga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra xalqaro grossmeyter Nafisa Mo‘minova birinchi turda qora donalarda ukrainalik sobiq jahon chempioni Anna Usheninaga qarshi bahs yuritadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Nafisa Mo‘minova. Foto: publika.uz

Nafisa Mo‘minova. Foto: publika.uz

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da boshlanadi va o‘yinni shaxmat bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida FIDE Gran-Prisi sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borish mumkin.

Quyida birinchi turning qolgan juftliklari berilgan:

Antoaneta Stefanova (Bolgariya) — Aleksandra Kostenyuk (Rossiya)

Chjao Syue (Xitoy) — Katerina Lagno (Ukraina)

Olga Girya (Rossiya) — Nana Dzagnidze (Gruziya)

Anna Muzichuk (Sloveniya) — Batchimeg Tuvshintugs (Mo‘g‘iliston)

Xou Ifan (Xitoy) — Tatyana Kosinseva (Rossiya)

Eslatib o‘tamiz, FIDE Gran-pri musobaqalari olti bosqichdan iborat bo‘lib, ikki yil davomida, aylanma tizimda o‘tkaziladi.