2014-yilning 14—25-aprel kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bahslari o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: boxingbelarus.by

Foto: boxingbelarus.by

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, mazkur jahon chempionatida dunyoning 105 davlatidan 600 nafardan ziyod sportchi (1996—1997-yillarda tug‘ilgan) 10 vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Ushbu jahon chempionati yana shu jihati bilan ahamiyatliki, unda joriy yil Nankin shahri (Xitoy)da o‘tkaziladigan II o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarining litsenziyalari ham o‘ynaladi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Marat Qurbonov terma jamoa tarkibiga quyidagi sportchilarni jalb qilgan:

  • Sulaymon Latipov (-49 kg);
  • Abdulhay Shorahmatov (-52 kg);
  • Shukurjon Rahimov (-56 kg);
  • Iqboljon Xoldorov (-60 kg);
  • Mahmud G‘oipov (-64 kg);
  • Bektemir Meliqo‘ziyev (-69 kg);
  • Kozimbek Mardonov (-75 kg);
  • Obidjon Tohirov (-81 kg);
  • Rahmatilla G‘ofurov (-91 kg);
  • Shohruxbek Erkinov (+91).

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 11-aprel kuni Sofiya shahriga yo‘l oladi.