Vladimir Putin mehnat shartnomasi bo‘yicha Rossiyaga kelayotgan muhojirlardan rus tilidan imtihon topshirishni taqozo etadigan qonunni imzoladi. Bu haqda Prezidentning rasmiy sayti xabar bermoqda.

Migrantlar uchun rus tili mashg‘uloti. Foto: mn.ru

Migrantlar uchun rus tili mashg‘uloti. Foto: mn.ru

Bundan faqat 1991-yilning 1-sentabriga qadar bo‘lgan davr mobaynida oliy ta’lim olgan yuksak malakali mutaxassislar va xorij fuqarolari mustasno. Boshqa migrantlardan esa Rossiya hududida yashash huquqi, patent olish, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish, ishlash huquqini olish uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha imtihon topshirish talab etiladi.

Ushbu sertifikatni olganlik haqidagi ma’lumotlar “Ta’lim olganlik yoki malaka oshirganlik, o‘quv kurslarini tamomlaganlik haqidagi Davlat ma’lumotlar reyestri” tarkibiga kiritiladi. Hujjatning amal qilish muddati – 5 yil. Muddat yakuniga yetgach, sertifikatni takroran olish talab qilinadi.