2014-yilning 17—21-aprel kunlari Rossiyaning Ivanova shahrida Xalqaro gimnastika federatsiyasi yillik taqvim rejasidan o‘rin olgan Marina Cup—2014 xalqaro turniri o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: kolombinka.ru

Foto: kolombinka.ru

Uchinchi bor tashkil etilgan musobaqada Rossiya, O‘zbekiston, Moldova, Serbiya, Chexiya, Ukraina, Kipr, Kuba, Qozog‘iston, Isroil, Portugaliya, Slovakiya, Marokash va Italiyadan kelgan yosh badiiy gimnastikachilar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Ko‘pkurash musobaqalarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Anastasiya Serdyukova 67,450 ball jamg‘arib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi. Kumush va bronza medallari rossiyalik Arina Romanova (65,183) va Viktoriya Polishchukka (64,517) nasib etdi.

2002-yilda tavallud topgan gimnastikachilar o‘rtasidagi musobaqada ishtirok etgan yana bir yurtdoshimiz Asal Ikromova bronza medali sovrindori bo‘ldi.