O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida o‘tkazilayotgan ATP BRD Nastase Tiriac Trophy xalqaro turnirining yakkalik bahslarida chorak finalga chiqdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Denis Istomin. Foto: apiainternational.com.au

Denis Istomin. Foto: apiainternational.com.au

Birinchi bosqichda braziliyalik Tomas Beluchchini 7:6, 7:6 natijasi bilan mag‘lub etgan Istomin, ikkinchi davrada mezbonlar vakili Adrian Ungurni 4:6, 6:0, 6:3 hisobida yengdi.

Endi Denis Istomin yarim final yo‘llanmasi uchun Robin Xaase (Gollandiya) bilan kuch sinashadi. Lolalar yurti vakili nimchorak finalda rossiyalik Mixail Yujniyni 6:3, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bugun, 25-aprel kuni Istomin chexiyalik sherigi Lukash Rosol bilan birga juftliklar musobaqasida yarim final yo‘llanmasi uchun Erik Butorak (AQSh)/Raven Klaasen (JAR) duetiga qarshi kortga chiqadi.