LG Electronics kompaniyasi botiq korpus va o‘zi tiklanuvchi qoplamaga ega LG G Flex smartfonini taqdim etdi. Botiq displey – bu ushbu smartfonning yagona o‘ziga xos jihati emas. Smartfonda yangi, avval seriyali ishlab chiqarishda qo‘llanilmagan texnologiyalar, ya’ni egik batareya, yangi turdagi ekran va o‘zini-o‘zi tiklovchi qoplama mujassamlashgan. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: LG

Foto: LG

LG G Flex jahonda ushbu shakldagi, gorizontal o‘qi atrofida aylangan birinchi smartfon bo‘ldi. Bunday shakl smartfon orqali gaplashganda og‘iz bilan mikrofon oralig‘idagi masofani qisqartiradi, bu bilan yanada sifatliroq tovush yetkazilishini ta’minlaydi va shunga mos ravishda tovush darajasini taxminan uch detsibelga oshiradi.

POLED (Plastic OLED) texnologiyasi bo‘yicha ishlangan noan’anaviy olti dyuymli displey oddiy modellarga nisbatan bir necha xususiyatga ega.

Aynan botiq ekran Mover yoki Mytube saytlaridan video ko‘rishda keng ekranli kinoteatrlardagi kabi keng ko‘lamli manzara hosil qiladi.

Foto: LG

Foto: LG

Displeyda ranglarni yanada sifatli aks ettirish uchun tasvirning o‘ta yorqinligi, aniqligi va haqiqiyligi bilan ajralib turadigan Real RGB texnologiyasi qo‘llangan.

Butun korpus egik shaklda bo‘lgani uchun akkumulyatorning ham noan’anaviysini ishlab chiqishga to‘g‘ri keldi. U LG Chem Stack & Folding texnologiyasi bo‘yicha tayyorlangan. LG G Flex’ga 3500 milliamper/soatlik batareya o‘rnatilgan.

Foto: LG

Foto: LG

Maxsus modifikatsiyalashtirilgan rezinadan tayyorlangan egiluvchan qoplama kichik qirilishlar va mayda shikastlanishlardan qayta tiklanish xususiyatiga ega. Orqa paneliga yetkazilgan shikastlar darajasiga ko‘ra qoplamaning qayta tiklanishi uchun 50—90 soniya vaqt talab etiladi. Shundan so‘ng smartfon avvalgidek yangi bo‘ladi.

LG G Flex’ning asosini kuchli to‘rt yadroli 2,26 GGs chastotali Qualcomm Snapdragon 800 protsessori tashkil etadi. Protsessorga grafikani ishlab chiqishda eng zamonaviy Adreno 330 videotezlatgichi yordam beradi. Qurilmaning operativ xotirasi 2 GB bo‘lib, foydalanuvchining o‘z fayllarini yuklashi uchun ajratilgan joy 32 gigabaytni tashkil etadi. Smartfon LG’ning firma ishlanmasi hisoblangan “launcher” qo‘shilgan OS Android 4.2 dasturida ishlaydi.

Foto: LG

Foto: LG

Taqdim etilayotgan funksiyalar orasidan Knock On texnologiyasini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. U smartfon egasiga ekranni ikki marotaba “taqillatish” orqali smartfonni yoqish va o‘chirish imkonini beradi. Guest Mode (Mehmon rejimi) esa ikkinchi qayd yozuvlaridan foydalanish hollarida smartfon egasiga oid ma’lumotlarning maxfiy qolishini himoyalaydi, shaxsiy ma’lumotlarga kirish yopib qo‘yiladi.

Dual Window ekranni ikki ish stoliga ajratadi, bu bilan birvarakayiga bir nechta ilovalarda ishlash imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, foydalanuvchilar vizual effektlar va tabiat ohanglari jo‘rligidagi manzarali fon (bezakli ko‘rinish) funksiyalarini ishlatishi mumkin.

Mediazal mediafayllarga tez kirishni ta’minlab beradi, faqat gorizontal holatdagi apparat ekraniga ikkita barmoq bilan taqillatsangiz bas.

Foto: LG

Foto: LG

13-megapikselli modul bilan ta’minlangan kamera orqali soniyasiga 60 kadr chastotali FullHD 1080p sifatli videolarni suratga olish mumkin. Ko‘p nuqtali avtofokus ham mavjud. Audio Zoom funksiyasi videoga olayotgan paytda turli obyektlardan kelayotgan tovush balandligini kuchaytirishga imkon beradi.

Reklama asosida. Matn: LG

Shuningdek, LG haqidagi yangiliklarni kompaniyaning Facebook, “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoqlari hamda YouTubeMover va MyTube saytlaridagi sahifalaridan bilishingiz mumkin.