U-19 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati guruh bosqichida O‘zbekiston futbolchilari Avstraliya, BAA hamda Indoneziya vakillariga qarshi to‘p suradi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.

Foto: funkcionalistrening.hu

Foto: funkcionalistrening.hu

2014-yilning 9—23-oktabr kunlari Myanma mamlakatida U-19 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati bahslari bo‘lib o‘tadi. Bugun ushbu musobaqaning final bosqichiga qur’a tashlandi va terma jamoalar guruh bosqichidagi raqiblari nomini bilib oldi.

Qur’aga ko‘ra, O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi musobaqaning “B” guruhida Avstraliya, BAA va Indoneziya yoshlar terma jamoalariga qarshi to‘p suradigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Myanma mamlakati mezbonlik qiladigan Osiyo Chempionatida Sergey Lushan bosh murabbiyligidagi 1995 va undan keyingi yillarda tug‘ilgan yoshlardan iborat O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ishtirok etadi.