Qrim va Ukraina o‘rtasida davlat chegaralari o‘rnatildi. Bu haqda Rossiya Federal migratsiya xizmatining Qrim Respublikasi bo‘yicha rahbari vazifasini bajaruvchisi Pyotr Yarosh bergan ma’lumotlar asosida “RIA Novosti” xabar bergan. 25-apreldan boshlab hozirda mavjud bo‘lgan 27 ta punktlarda davlat chegaralaridan o‘tish qoidalari amal qilishni boshladi.

Foto: tts.lt

Foto: tts.lt

“Yaqin kelajakda o‘tish punktlarining qayerda joylashishi, chegaradan o‘tish talablari, muxojirlik kartalarini topshirish masalalari hal etiladi”, — dedi Pyotr Yarosh 24-aprel kuni. Uning aytishicha, hozircha transport qatnoviga nisbatan hech qanday cheklovlar o‘rnatilmagan. Tez kunlarda Rossiya qonunchiligiga muvofiq holda davlat chegaralarini kesib o‘tish qoidalari e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Qrim yarimoroli 16-mart kuni o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra Rossiya Federatsiya tarkibiga kiritilgan edi. Unda qatnashganlarning 96,77 foizi Rossiyaga qo‘shilish uchun ovoz berishgan.