Toshkentda xotin-qizlar o‘rtasida an’anaviy “Sog‘lom ayol – sog‘lom jamiyat” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Toshkentda xotin-qizlar o‘rtasidagi sport musobaqasi. Foto: O‘zA

Toshkentda xotin-qizlar o‘rtasidagi sport musobaqasi. Foto: O‘zA

“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tashkil etilgan bellashuvlarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Xalq ta’limi vazirliklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi jamoalari ishtirok etdi.

Toshkentda xotin-qizlar o‘rtasidagi sport musobaqasi. Foto: O‘zA

Toshkentda xotin-qizlar o‘rtasidagi sport musobaqasi. Foto: O‘zA

“Sog‘lom ayol – sog‘lom jamiyat” shiori ostidagi musobaqalarda jami 130 nafardan ziyod xotin-qiz gimnastrada, stol tennisi, badminton, shashka singari qator sport turlari bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.

– An’anaviy musobaqalarda to‘rtinchi bor qatnashishim, – deydi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “ZiyoNet” tarmog‘i yetakchi mutaxassisi Gulchehra Ibrohimova. – Oilamizda sog‘lom turmush tarziga rioya qilamiz. Bu kabi musobaqalar salomatligimizni mustahkamlashi bilan birga kayfiyatimizga, ruhiyatimizga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Toshkentda xotin-qizlar o‘rtasidagi sport musobaqasi. Foto: O‘zA

Toshkentda xotin-qizlar o‘rtasidagi sport musobaqasi. Foto: O‘zA

– Bolaligimdan yakkakurash sport turi bilan shug‘ullanaman, – deydi Ichki ishlar vazirligi boshqarmasi inspektori, kichik serjant Nozima Sarimsoqova. – Sport hayotimda, ish faoliyatimda katta yordam beradi. Umuman, sport bilan shug‘ullangan inson sog‘lom, baquvvat bo‘lish barobarida ruhan tetik, irodasi mustahkam, turli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan bo‘ladi.

Toshkentda xotin-qizlar o‘rtasidagi sport musobaqasi. Foto: O‘zA

Toshkentda xotin-qizlar o‘rtasidagi sport musobaqasi. Foto: O‘zA

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib rag‘batlantirildi.