AQSh prezidenti Barak Obama Ukraina armiyasiga qurollarni qo‘shimcha yetkazib berishdan ma’ni yo‘qligini bildirdi. “To‘qnashuvlarga barham berishning samaraliroq usuli sanksiyalar joriy qilishdir”, — dedi u. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

1005757382

Foto: ria.ru

Filippin poytaxti Manilada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Obama Ukrainaga qurol yetkazib berish bilan Rossiya armiyasiga qarshi turib bo‘lmasligini ta’kidladi. “Iqtisodiy sanksiyalar bilan bu boradagi imkoniyatlarimiz ko‘proq bo‘ladi”, — dedi u.

Avvalroq AQSh Ukrainaga siyosiy va moliyaviy islohotlar uchun 50 million dollar miqdorida moliyaviy ko‘mak berishini e’lon qilgan. Bundan tashqari, Vashington Kiyevga noqonuniy harbiy yordam ko‘rinishida 8 million dollarga yaqin mablag‘ ajratdi.