Toshkent vaqti bilan taxminan 13:00 da Xarkov shahri meri Gennadiy Kernesga suiqasd uyushtirildi. Bu haqda Gazeta.ru xabar berdi.

1091331

Foto: slon.ru

Xarkov shahar rahbari beliga o‘q tegishi natijasida qattiq jarohat oldi. Ayni paytda u shoshilinch jarrohlik bo‘limida operatsiya qilinmoqda. Shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun kurashmoqda, deyiladi xabarda.

2010-yil 31-oktabrida Kernes saylovchilarning 30% ovozi bilan shahar merligiga saylangan. Ukrainadagi tanglik chog‘ida u Kiyevdagi noroziliklar  hukumatning noqonuniy ravishda egallab olinishiga olib kelishini ta’kidlagan edi.

24-aprel kuni Xarkov viloyat kengashi deputatlari Ukraina Oliy radasiga murojaat qilib, hukumatni desentralizatsiya qilish va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari rolini kuchaytirish taklifini kiritgan edi.