“Liverpul” jamoasi futbolchilari Luis Suares va Filippe Koutinyo “Barselona” himoyachisi Daniel Alvesni qo‘llab-quvvatlash uchun banan bilan suratga tushdi. Bu haqda “Chempionat” ma’lumotiga asoslangan holda Uff.uz xabar berdi.

Suares va Koutinyo Daniel Alvesni qo‘llab-quvvatlab banan bilan tushgan surati. Foto: championat.com

Suares va Koutinyo Daniel Alvesni qo‘llab-quvvatlab banan bilan tushgan surati. Foto: championat.com

Suares Alvesni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘zining Twitter’dagi sahifasiga Koutinyo bilan birga banan yeb turgan suratini joylashtirgan. “Irqchilikka yo‘q deb ayting! Biz hammamiz maymunlarmiz”, — deya yozadi Suares.

Shuningdek, yana bir necha futbolchi o‘z hamkasbini qo‘llagan holda banan bilan rasmga tushgan.

Mario Balotelli Daniel Alvesni qo‘llab tushgan surati. Foto: championat.com

Mario Balotelli Daniel Alvesni qo‘llab tushgan surati. Foto: championat.com

Xalk o‘z oilasi bilan Daniel Alvesni qo‘llamoqda. Foto: championat.com

Xalk o‘z oilasi bilan Daniel Alvesni qo‘llamoqda. Foto: championat.com

Roberto Karlos Daniel Alvesni qo‘llab tushgan rasmi. Foto: championat.com

Roberto Karlos Daniel Alvesni qo‘llab tushgan rasmi. Foto: championat.com

Eslatib o‘tamiz, Daniel Alves Ispaniya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda irqchilik ruhida haqoratlangan edi. Muxlislardan biri unga banan otgan, ammo Alves o‘zini yo‘qotib qo‘ymay, o‘sha bananni olib yeb qo‘ygan edi.