Futbol bo‘yicha jahon chempionati arafasida Nike kompaniyasi turli mamlakatlar terma jamoalarining eng yaxshi o‘yinchilari ishtirokida kreativ lavhalar seriyasini suratga oldi. Bu haqda ELLE jurnali xabar berdi.

FIFA Ballon d'Or Gala 2012

Foto: elle.ru

“Boring bilan tavakkal qil” seriyasidagi “G‘olib qoladi” deb nomlanuvchi to‘rt daqiqalik videolavhada Krishtianu Ronaldu, Neymar, Ueyn Runi, Zlatan Ibragimovich, Eden Azar, Andrea Pirlo, Jerar Pike, Andres Inyesta va boshqa jahon futbol yuduzlari ishtirok etdi. O‘z sevgilisini qo‘llab-quvvatlagan model Irina Sheyk ham lavhada ko‘rinish berdi.

Film bog‘dagi sahna bilan boshlanadi. Unda do‘stlar ikki jamoa bo‘lib futbol o‘ynaydi. Ulardan biri o‘zini Krishtianu Ronaldu bilan tenglashtiradi. “Unda men Neymarman”, — deydi ikkinchisi. Shu tariqa o‘yin bir necha lahzalar ichida eng iste’dodli futbolchilar ishtirokidagi musobaqaga aylanib ketadi.