Germaniyaning Myunxen shahrida tennis bo‘yicha an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadigan BMW Open by FWU AG xalqaro turniri boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Denis Istomin. Foto: gamblingunited.com

Denis Istomin. Foto: gamblingunited.com

Mukofot jamg‘armasi 426 605 yevroni tashkil etgan mazkur xalqaro turnirda O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ham asosiy turdan bahslarga kirishadi. Denis Istomin birinchi davrada germaniyalik Filipp Kolshrayberga qarshi kortga chiqadi.

Ma’lumot o‘rnida: Filipp Kolshrayber 2012-yil mazkur turnirda bosh sovringa ega bo‘lgan bo‘lsa, 2013-yilda finalga qadar yetib kelgan.