Shimoliy Koreya 29-aprel, seshanba kuni Janubiy Koreya bilan munozarali dengiz chegarasi yaqinidagi ikkita hududda harbiy artilleriya otish mashqlari o‘tkazishini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

kor

Foto: ntv.ru

KXDR mart oxirida ham shunga o‘xshash mashg‘ulotlar olib borgan edi. Unda KXDR Sariq dengiz hududida o‘quv mashg‘ulotlari doirasida o‘t ochish mashqlari o‘tkazmoqchi ekanligi borasida janubdagi qo‘shnisini avvalroq xabardor qilib qo‘ygan. Shimolliklar otgan snaryadlardan bir nechtasi chegaraning bu tomoniga o‘tgan. Keyin Janubiy Koreya harbiylari ham bunga javoban dengizning Shimoliy Koreyaga tegishli hududiga artilleriya qurollaridan otishga qaror qilishgan.