Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatining so‘nggi kuni yana bir o‘zbekistonlik yunon-rum kurashchisi Abror Mamasoliyev (-130 kg) bronza medali sovrindori bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: sportpicture.ru

Foto: sportpicture.ru

Shu tariqa, mazkur Osiyo chempionatida O‘zbekiston sportchilari tomonidan qo‘lga kiritilgan medallar soni oltitaga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, Abror Mamasoliyevga qadar yunon-rum kurashchilaridan Elmurod Tasmurodov (-59 kg) oltin, Rustam Assakalov (-85 kg) kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.

Bundan tashqari, uch nafar o‘zbekistonlik erkin kurashchi Furqat Farmonov (-65 kg), Ixtiyor Navro‘zov (-70 kg) va Rashid Qurbonov (-86 kg) o‘z vazn toifalarida bronza medali sohibi bo‘lgan.