Senator Maksim Kavjaradze Rossiyada yopiq kommunikatsion tarmoq tuzish va uni “Cheburashka” deb nomlashni taklif qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

1005771117

Foto: ria.ru

“Ichki tarmoq ilmiy jamoatchilik uchun yaratiladi, bundan maqsad, axborot chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik”, — dedi u.

Senator AQShda Mudofaa vazirligi yoki Markaziy razvedka boshqarmasida kim ishlashi haqidagi ma’lumotlar maxfiy tutilishini, biroq Rossiyada bu kabi axborotlar ochiq ekanini ta’kidladi. “Men bu bilan senzura joriy etishni taklif qilganim yo‘q, shunchaki hukumatning ba’zi qismlari yopiq bo‘lishi haqida gapiryapman”, — dedi u.

Kavjaradzening fikricha, Rossiya bunday tarmoqni Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi bitim tashkiloti davlatlari yoki Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan tuzishi mumkin. “Hamkorlik qilish, fikr almashish kerak, biroq ilmiy texnologiyalar talab qilinadigan sohada ehtiyot bo‘lish zarur”, — deya ta’kidladi u.