Urganch shahrida “‘Kamolot’ shaxmat taxtasi” VII an’anaviy respublika turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.

“‘Kamolot’ shaxmat taxtasi” g‘olibi Sohiba Baxtiyorova. Foto: O‘zA

“‘Kamolot’ shaxmat taxtasi” g‘olibi — Sohiba Baxtiyorova. Foto: O‘zA

– “‘Kamolot’ shaxmat taxtasi” an’anaviy turniri 5 yosh toifasidagi o‘g‘il va qizlar o‘rtasida o‘tkazib kelinmoqda, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Sarvar Ashurov. – 2013-yilda turnirning hududiy bosqichlarida 245 ming nafar yosh qatnashgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 450 ming nafardan oshdi. Saralash bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan 1900 nafardan ziyod havaskor shaxmatchining 140 nafari turnirning final bosqichida bellashdi.

“‘Kamolot’ shaxmat taxtasi” turnirining finali g‘oliblari. Foto: O‘zA

“‘Kamolot’ shaxmat taxtasi” turniri g‘oliblari. Foto: O‘zA

Musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarida Toshkent viloyatidan Olmos Rahmatullayev, farg‘onalik Jasur Hakimov va Asilbek Sobirov, navoiylik Alisher Eshpo‘latov va qoraqalpog‘istonlik Zayniddin Karimboyev o‘z yosh toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Qizlar o‘rtasida xorazmlik Sohiba Baxtiyorova, Toshkent shahridan Sarvinoz Qilicheva, qashqadaryolik Xolida Nomozova, navoiylik Marjona O‘ktamova, jizzaxlik Iroda Jafarova o‘z yosh toifalariga ko‘ra birinchi o‘rinni egalladi.

“‘Kamolot’ shaxmat taxtasi” turnirining finalida. Foto: O‘zA

“‘Kamolot’ shaxmat taxtasi” turnirining finalida. Foto: O‘zA

– Ikki yildan buyon shaxmat bilan muntazam shug‘ullanaman, – deydi Xolida Nomozova. – Musobaqadan olgan taassurotlarim bir olam. Bu kabi turnirlar kelajakda yanada yuqori natijalarni qo‘lga kiritishimizda muhim ahamiyat kasb etadi.

“‘Kamolot’ shaxmat taxtasi” turniri g‘oliblari. Foto: O‘zA

“‘Kamolot’ shaxmat taxtasi” turniri g‘oliblari. Foto: O‘zA

Musobaqa g‘oliblari va faol ishtirokchilari tashkilotchilarning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.