Yaponiya hukumati seshanba kuni Ukraina atrofidagi vaziyat munosabati bilan Rossiyaga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar e’lon qildi. Ular Rossiya Federatsiyasi rasmiy tuzilmalarining 23 nafar vakili va boshqa shaxslarga kirish vizalari berilishini vaqtincha to‘xtatishni nazarda tutadi. Ularning ro‘yxati keyinroq e’lon qilinadi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.

3718445

Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe

Yaponiya sanksiyalarni yettita sanoati rivojlangan yetakchi davlatlar rahbarlari tomonidan qabul qilingan mushtarak qaror doirasida kiritdi.

18-mart kuni ham Yaponiya Rossiyaga ilk sanksiyalarini joriy qilgan edi. U Rossiyaning Qrimga nisbatan munosabatiga bog‘liq bo‘lib, viza rejimini yumshatish bo‘yicha konsultatsiyalarni to‘xtatish va investitsion, koinotni o‘rganish hamda xavfli harbiy faoliyatning oldini olish bo‘yicha hamkorliklar to‘g‘risidagi bitimlar tuzishni muzlatib qo‘yishni nazarda tutgan.