Andijon shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi “Fyuchers” hamda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) musobaqalari taqvimiga kiruvchi xotin-qizlar xalqaro turnirlari boshlandi, deb yozadi O‘zA.

Andijondagi tennis bo‘yicha xalqaro turnirda. Foto: O‘zA

Andijondagi tennis bo‘yicha xalqaro turnirda. Foto: O‘zA

Turnirlarda Germaniya, Fransiya, Gollandiya, Hindiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ukraina, Belarus singari 10 ga yaqin mamlakatdan tennischilar ishtirok etmoqda.

Andijondagi tennis bo‘yicha xalqaro turnirda. Foto: O‘zA

Andijondagi tennis bo‘yicha xalqaro turnirda. Foto: O‘zA

– Turnirning saralash bosqich o‘yinlari yakunlanib, asosiy bahslar boshlandi, – deydi musobaqa bosh hakami Andrey Kornilov. – O‘zbekistonlik tennischilar muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Andijondagi tennis bo‘yicha xalqaro turnirda. Foto: O‘zA

Andijondagi tennis bo‘yicha xalqaro turnirda. Foto: O‘zA

Birinchi davra o‘yinlarida Nilufar Ismoilova, Mubina Vahobova, Sergey Shipilov, Odil Akromov, Yekaterina Ilina, Abror Isoqov singari tennischilarning o‘yinlari ko‘pchilikda katta taassurot qoldirdi.

Andijondagi tennis bo‘yicha xalqaro turnirda. Foto: O‘zA

Andijondagi tennis bo‘yicha xalqaro turnirda. Foto: O‘zA

Xalqaro turnirning yakkalik va juftliklar o‘rtasidagi chorak final bahslari 30-apreldan boshlanadi. Musobaqalar bir hafta davom etadi.