Yevropa Chempionlar ligasi yarim finali doirasida “Bavariya” va “Real” klublari o‘rtasida kechgan uchrashuvda myunxenliklar o‘z maydonlarida yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. “Real” “Bavariya” ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.

Foto: uefa.com

Foto: uefa.com

Uff.uz’ning ta’kidlashicha, madridliklar 17-marta yevrokuboklar finaliga chiqdi va bu borada “Barselona” qayd etgan rekordni takrorladi. Bu final “Real” uchun Chempionlar ligasi / Chempionlar Kubogi musobaqalaridagi 13-final bo‘ladi. Shuningdek, “Qirollik klubi” ikki martadan UEFA Kubogi va Kubok egalari Kubogi finaliga chiqqan.