Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalida “Atletiko” jamoasiga mag‘lub bo‘lgan “Chelsi” jamoasi bu mavsumdagi yevrokuboklarda qolgan yagona ingliz jamoasi edi. Shu tariqa, 2003—2004-yillardagi mavsumdan beri ilk bor bu yil yevrokuboklar finali ingliz jamoalarisiz o‘tadigan bo‘ldi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.

Foto: footballtv.com.ua

Foto: footballtv.com.ua

2003—2004-yillardagi mavsumda Chempionlar ligasida “Portu” va “Monako” jamoalari to‘qnash kelgan edi. O‘sha yilgi UEFA Kubogi finalida esa “Marsel” va “Valensiya” bahs olib borgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, Joze Mourino faoliyati davomida oltinchi marta Chempionlar ligasi yarim finalida mag‘lubiyatga uchramoqda.