Andijon shahrida o‘tkazilayotgan Andijan Combined ITF Pro Circuit event turnirida bugun, 1-may kuni chorak final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistondan ishtirok etgan 21 nafar tennischidan faqat bir nafari yarim finalga yo‘llanma oldi. Bu haqda “Olamsport” xabar berdi.

Albina Xabibulina. Foto: olamsport.com

Albina Xabibulina. Foto: olamsport.com

Chorak finaldagi uch set davom etgan Go‘zal Yusupova va Albina Xabibulina bellashuvida tajribaliroq hisoblangan Xabibulina g‘alaba qozondi. So‘nggi setning oxirgi geymi oldidan Yusupova jarohatlangani sabab bahsni davom ettira olmasligini ma’lum qildi.

1-may kuni o‘tkazilgan chorak final natijalari:

  • Veronika Kudermetova (Rossiya) — Barbara Bonich (Serbiya) — 6:0, 6:3
  • Polina Monova (Rossiya) — Pratana Tombarde (Hindiston) — 6:1, 6:1
  • Svetlana Pirajenko (Belarus) — Vlada Yakshibarova (O‘zbekiston) — 3:6, 6:2, 6:2
  • Albina Xabibulina (O‘zbekiston) — Go‘zal Yusupova (O‘zbekiston) — 3:6, 6:3, 5:0

Yarim finalda bellashadigan tennischilar:

  • Veronika Kudermetova (Rossiya) — Polina Monova (Rossiya)
  • Albina Xabibulina (O‘zbekiston) — Svetlana Pirajenko (Belarus)