Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) 1-may holatiga ko‘ra, grossmeysterlarning yangi reytingini e’lon qildi. Unda o‘zbekistonlik xalqaro grossmeyster, 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov avvalgi reytingiga nisbatan 9 pog‘ona yuqorilab, 46-o‘rinni egallagan, deb yozadi “Olamsport”.

Rustam Qosimjonov. Foto: blogspot.com

Rustam Qosimjonov. Foto: blogspot.com

Dunyo reytingini hamon amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen boshqarmoqda. Norvegiyalik 24 yashar grossmeyster Ozarbayjonning Shamkir shahrida yakuniga yetgan Vugar Gashimov xotira turnirida bosh mukofotni qo‘lga kiritgan edi.

Ushbu turnirda ikkinchi o‘rinni egallagan italiyalik Fabiana Karuana beshinchi pog‘onadan joy olgan. Kuchli uchlikka armanistonlik Levon Aronyan hamda rossiyalik Aleksandr Grishuklar yakun yasashgan.