Navoiy shahrida o‘smirlar va qizlar o‘rtasida sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Navoiy shahridagi Yoshlar sport majmuasida o‘tkazilgan musobaqalarda 126 nafar sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Poytaxtlik yoshlar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Samarqand va Andijon viloyatlari jamoalari kuchli uchlikdan joy oldi. Qizlar o‘rtasida Toshkent shahri jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Farg‘onalik sportchi qizlar ikkinchi, navoiylik gimnastikachilar uchinchi o‘rinni band etdi.

2000—2007-yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida toshkentlik Ozod Abdurasulov, qizlar bahsida Farg‘ona viloyati vakilasi Gulsanam Yo‘ldosheva oltin medalga sazovor bo‘ldi. 2000—2005-yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar musobaqasida Humoyun Islomov, qizlar o‘rtasida farg‘onalik Guljahon Shokirova g‘olib bo‘ldi.

– Sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, gimnastrada, trampolin, akrobatikani rivojlantirish qizlarni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega, – deydi farg‘onalik Guljahon Shokirova. – Murabbiyalarim ko‘rsatmalariga amal qilganim g‘olib bo‘lishimni ta’minladi.