“Real” jamoasi “Bavariya” ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin UEFA reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Qirollik klubi” bu borada “Barselona”ni ortda qoldirdi, deb xabar beradi Uff.uz.

Foto: weebly.com

Foto: weebly.com

Pep Gvardiola boshqaruvidagi “Bavariya” jamoasi esa uchinchi o‘rinni egallagan. Chempionlar ligasidagi ishtirokini yakunlagan “Chelsi” jamoasi mazkur ro‘yxatda to‘rtinchi o‘rinda turibdi. Garchi muvaffaqiyatsiz mavsumni o‘tkazganiga qaramay, “Manchester Yunayted” jamoasi beshinchi pog‘onani band etdi.

Chempionlar ligasi finaliga yo‘l olgan “Atletiko” klubi esa ushbu reytingda yettinchi o‘rinda bormoqda.

  1. “Real” — 159.371
  2. “Barselona” — 157.371
  3. “Bavariya” — 154.328
  4. “Chelsi” — 140.949
  5. “Manchester Yunayted” — 128.949
  6. “Benfika” — 126.359
  7. “Atletiko” — 119.371
  8. “Valensiya” — 113.371
  9. “Arsenal” — 112.949
  10. “Portu” — 105.359.