Mixael Shumaxer hali ham Fransiyaning Grenobl shahridagi shifoxonada qolmoqda. Bu haqda Germaniyaning Bild nashri xabar berdi.

Mixael Shumaxer. Foto: gtspirit.com

Mixael Shumaxer. Foto: gtspirit.com

Sportchining matbuot kotibi Sabina Kem 4-aprel kuni Shumaxerda komadan chiqish alomatlari sezilganini ma’lum qilgan edi.

Bundan tashqari, matbuot kotibi Shumaxer hushiga kelishi bilan uni reabilitatsiya markaziga o‘tkazishlarini ham aytib o‘tgan edi.

“Bizning ma’lumotlarimiz bo‘yicha, Shumaxer hali ham Grenobldagi shifoxonada. Sabina Kem esa sezilarli o‘zgarishlar bo‘lganidagina yangi bayonot beradi”, deb yozadi “Kun”.

Shumaxer 2013-yilning 29-dekabr kuni, tog‘da chang‘i uchayotgan vaqtida yiqilib, boshi bilan toshga urilganidan so‘ng shifoxonaga yotqizilgan va o‘shandan beri koma holatida qolmoqda.