Futzal bo‘yicha Osiyo chempionatlarida 13-marta ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida uchinchi marta bronza medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Uff.uz.

Foto: connorsportcourt.com

Foto: connorsportcourt.com

Vyetnamning Xoshimin shahrida o‘tkazilgan chempionatda O‘zbekiston vakillari uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Quvayt terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Terma jamoa tarkibida gollarga Dilshod Rahmatov va Farhod Abdumavlonov mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir Ahmedov qo‘l ostidagi O‘zbekiston futzal terma jamoasi musobaqa guruh bosqichida Qirg‘iziston bilan durang o‘ynadi (2:2), Yaponiya (2:1) va Janubiy Koreya (3:0) terma jamoalarini mag‘lubiyatga uchratdi. Livan terma jamoasiga qarshi kechgan chorak final o‘yinida esa o‘zbekistonlik futbolchilar 6:2 hisobida zafar quchgan edi. Yarim finalda esa o‘zbekistonliklar Osiyoning eng kuchli terma jamoasi – Eronga 10:0 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.