Bugun,11-may kuni Angliya Premyer ligasining yakuniy 38-tur uchrashuvlariga start beriladi. Barcha o‘yinlar bir vaqtning o‘zida start oladi. Aytish kerakki, mazkur tur hammasiga nuqta qo‘yadi, deb yozadi Uff.uz.

Foto: sport-xl.org

Foto: sport-xl.org

Jumladan, bu turda “Chelsi” safarda “Kardiff” mehmoni bo‘ladi. Garchi, chempionlik uchun ularda imkoniyat qolmagan bo‘lsa-da, kumush medal uchun kurash olib boradi.

G‘oliblik uchun “Siti”ga yagona raqib bo‘lgan “Liverpul” bo‘lsa, o‘z maydonida “Nyukasl” klubini qabul qiladi.

Londonning “Arsenal” jamoasi safarda “Norvich Siti” mehmoni bo‘lsa, “Manchester Yunayted” ham safarda “Sautgempton” bilan o‘ynaydi.