Angliya Premyer ligasining yakuniy 38-tur uchrashuvlari doirasida “Manchester Siti” “Vest Xem”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Manchesterliklar tarkibida Samir Nasri va Vensan Kompanilar o‘z hisoblariga gol yozib qo‘ydi, deb xabar beradi Uff.uz.

Foto: betshow.com

Foto: betshow.com

Mazkur g‘alaba “shaharliklar”ga o‘z tarixida to‘rtinchi bora Angliya chempionligi unvonini qo‘lga kiritishiga zamin yaratdi.

Avvalroq, “Manchester Siti” 1936/37, 1967/68 va 2011/12-mavsumlarda chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan edi.

Mavsum yakunlariga ko‘ra, ikkinchi o‘rinni “Liverpul” egalladi, kuchli to‘rtlikka esa “Chelsi” va “Arsenal” klublari kirdi.