Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha “Ulkan toj” turkumiga kiruvchi xalqaro musobaqaning so‘nggi kunida o‘zbekistonlik ikki sportchi bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bundan oldin iqtidorli polvon Sharofiddin Lutfullayev ham bronza medalga sazovor bo‘lgan edi. Bu haqda “Turkiston press” xabar berdi.

Foto: e-monsite.com

Foto: e-monsite.com

100 kilogrammgacha bo‘lgan vazndagi bronza medal uchun birinchi bellashuvda Ramziddin Saidov rossiyalik Zafar Mahmadovni “ippon” bahosi bilan yengdi. Soyib Qurbonov esa shveysariyalik Flavio Orlikni butunlay o‘z uslubiga soldi. “Yuko” bilan start olgan Soyib “vaza-ari”dan so‘ng yana ikkita “yuko” bahosini qo‘shib qo‘ydi. Raqibini butunlay mag‘lub etgan Qurbonov bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Shunday qilib, dzyudochilar uchta bronza medal bilan O‘zbekistonga qaytadigan bo‘ldi.