Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIG) Ijroiya qo‘mitasining Quvaytda o‘tkazilgan yig‘ilishida badiiy gimnastika bo‘yicha uch karra Rossiya chempioni Yelizaveta Nazarenkovaning O‘zbekiston terma jamoasi safiga o‘tishi ma’qullandi. Bu haqda 12news.uz xabar berdi.

Yelizaveta Nazarenkova. Foto: photoshelter.com

Yelizaveta Nazarenkova. Foto: photoshelter.com

Uch karra Jahon Kubogi sovrindori, 2013-yilgi Butunjahon o‘yinlari bronza medali sovrindori Nazarenkova endi xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

Hozircha O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi ushbu yangilik tafsilotlari haqida xabar bermadi.

Ma’lumot o‘rnida: Liza Nazarenkova Murmanskda sportchilar oilasida tavallud topgan. Otasi suzish bo‘yicha sport ustasi, onasi esa badiiy gimnastikada xuddi shunday unvon egasi.