AQSh prezidenti Barak Obama va rafiqasi Mishel Obamaning moliyaviy ahvoli 2013-yilda deyarli o‘zgarmadi. Ayni paytda ularning mablag‘i 1,95 milliondan 7,15 milliongacha deb baholanmoqda. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.

3733589

Foto: itar-tass.com

15-may kuni Oq uy 2013-yil yakunlari bo‘yicha o‘zining 8 sahifali hisobotini e’lon qildi. Qonun bo‘yicha bunday hisobotlarni AQShning barcha oliy mansabdor shaxslari jamoatchilik sudiga taqdim etishi kerak.

O‘tgan yili er-xotin Obamalar birgalikdagi mablag‘lari 1,8—6,9 millionga teng ekanini ko‘rsatgan edi. Aktivlar egasi tomonidan o‘z tushunchalari va bozordagi ahvol asosida baholanadi, shu sababli narx ancha taxminiy bo‘ladi. Barak va Mishel Obamalar moliyaviy ahvoli ko‘rsatkichidagi raqamlarning bir-biridan ancha uzoqligi shundan kelib chiqqan.