AQSh Yevropadagi hamkorlari bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar raundi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Ular 25-may kuni Ukrainada bo‘ladigan prezidentlik saylovlarini Moskva buzishga harakat qilgan taqdirda iqtisodiyotning butun sohalariga joriy qilinadi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Глава госдепартамента США Джон Керри разговаривает с главами МИД Франции Лораном Фабиусом и Великобритании Уильямом Хейгом

Jon Kerri Fransiya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari bilan. Foto: Reuters

AQSh davlat kotibi Jon Kerri payshanba kuni Londonda Yevroittifoqning asosiy davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi va Rossiyaning kon-ruda sanoati va gaz sohasi kabi yirik iqtisodiy sektorlariga sanksiya kiritish bo‘yicha Vashington fikri bilan bo‘lishdi.

Ular Ukrainaning barcha hududlarida, jumladan sharqiy hududlarida ham erkin va adolatli prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi kerak, degan xulosaga kelishgan.

O‘sha kunning o‘zidayoq Moskva Ukraina prezidentlik saylovi o‘tkazadigan haftada uning chegarasidan 200 km masofada joylashgan harbiy poligonda “Aviadarts — 2014” harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazishini e’lon qildi.

Ukraina tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning ushbu harakatini “Ukraina bilan chegara va umuman butun hududda tanglikni kuchaytirish uchun qilinayotgan ochiqdan-ochiq provokatsiya” deb atadi.

O‘tgan haftada Rossiya prezidenti Ukraina bilan chegaradan Moskva o‘z harbiylarini olib ketgani haqida bayonot berdi, AQSh va NATO sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarga asoslanib, buning teskarisini ta’kidlamoqda.