16 yoshli Braziliyalik o‘smir — Marsel Fernandes SMS-xabar yozish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. 15-may, payshanba kuni uning tezligi Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda mahalliy OAVlarga tayanib, “ITAR-TASS” xabar berdi.

3733609

Foto: itar-tass.com

O‘tgan oy Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan musobaqa ishtirokchilari telefonda quyidagi jumlani ingliz tilida terishlari kerak edi: “Serrasalmus va Pygocentrus turidagi o‘tkir tishli piranyalar dunyoda chuchuk suvda yashovchi eng tajovuzkor baliqlardir. Biroq haqiqatda ularda odamlarga kamdan-kam tashlanadi” (“The razor-toothed piranhas of the genera Serrasalmus and Pygocentrus are the most ferocious freshwater fish in the world. In reality they seldom attack a human”).

Fernandes vazifani 18,19 soniya ichida bajarishga ulgurdi. Bundan avvalgi rekord 18,44 soniya edi.

O‘smirning aytishicha, 2009-yilda stol kompyuteri buzilib qolganidan keyin, uzoq vaqt davomida faqat smartfondan foydalanishga majbur bo‘lgan. Natijada xabar yozish qobiliyati a’lo darajada rivojlangan. Braziliya kollejida fizikani o‘rganayotgan Fernandes SMS yozishuvga mukkasidan ketmaganini ta’kidladi.