Ashaddiy kashandalar va yong‘in qurbonlari qonida karboksigemoglobin miqdori yuqori darajada bo‘ladi. Bunday holat dengiz fillari qonida ham kuzatilishi aniqlandi. Bu haqda Gazeta.ru xabar berdi.

0_e912c_aa2590d0_orig

Foto: masterok.livejournal.com

Karboksigemoglobin — gemoglobinning eng kuchli zahar bo‘lmish uglerod monooksidi (CO) bilan qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladi va uni kislorod tashish imkoniyatidan mahrum qiladi. Biroq so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kam miqdordagi CO foydali: u shamollash jarayonini kamaytiradi va hujayralarni nobud bo‘lishdan saqlaydi.

Kaliforniya universiteti biologlari dengiz fili qonida karboksigemoglobin hissasi o‘ta yuqori — 10,4% ekanini aniqlashdi. Bu kuniga 40 ta sigareta chekadigan kashanda qonidagi ko‘rsatkich bilan teng.

Olimlarning taxmin qilishicha, karboksigemoglobin ulardagi sho‘ng‘ish bilan bog‘liq jarayonga yordam beradi. 75% holatlarda dengiz fillari nafasini ushlab turadi, bu vaqtda esa to‘qimalarga oksidlanish stressidan ziyon yetadi. Yuqori darajadagi CO bunday zarardan to‘qimalarni himoya qiladi.