O‘zbekiston milliy terma jamoasining Ummon milliy terma jamoasiga qarshi dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvi 27-may, seshanba kuni Olmaliqda yangi qurib bitkazilgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati sport majmuasi stadionida, ikkinchisi esa 29-may, payshanba kuni Toshkentdagi “Jar” stadionida o‘tkaziladi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati sport majmuasi stadioni. Foto: O‘zA

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati sport majmuasi stadioni. Foto: O‘zA

O‘zbekiston futbol federatsiyasi terma jamoalar markazidan ma’lum qilishlaricha, har ikkala o‘yin ham mahalliy vaqt bilan 19:00 da boshlanishi belgilangan. Har ikkala o‘yin uchun chiptalar 7 ming va 10 ming so‘mdan sotiladi.

Ummon milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari bir qator faxriy futbolchilarning O‘zbekiston milliy terma jamoasidan kuzatish o‘yinlari ham bo‘ladi.