Turkiyaning Manisa provinsiyasidagi ko‘mir konida sodir bo‘lgan halokatdan uch sutka o‘tib, qurbonlar soni 284 taga yetdi. O‘tgan kecha qutqaruvchilar yana bir murdani yer yuzasiga chiqarishdi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.

3731446

Foto: itar-tass.com

Turkiya energetika va tabiiy manbalar vaziri Taner Yulduzning aytishicha, yong‘in maydoni kamayib, is gazi biroz tarqalgan. Ayni paytda yer osti hududini sovitish ishlari olib borilmoqda.

Konda yana 18 ishchi qolgan. “Shuncha oila o‘z qarindoshlarining yo‘qolganini xabar qilgan. Qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda”, — dedi vazir.

Soma kon shahri shifoxonasida konchilarning oila a’zolari navbatchilik qilmoqda. Turkiyada ushbu baxtsiz hodisa bilan bog‘liq umummilliy motam davom etmoqda.