FIFA prezidenti Yozef Blatter 2022-yilgi jahon chempionati mezbonligi Qatarga berilishi xato bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi, deb xabar beradi Uff.uz.

Yozef Blatter. Foto: kvedomosti.com

Yozef Blatter. Foto: kvedomosti.com

“Shubhasiz, bu qaror xato bo‘lgan edi. Hayotda bunday xatolar uchrab turadi, — deydi Blatter. — Bizning hisobotimizda yozda u yerda o‘ta issiq bo‘lishi aytilgan edi. Ammo shunga qaramasdan ijro qo‘mitasi ko‘pchilik qaroriga ko‘ra, 2022-yilgi jahon chempionati mezbonligini Qatarga berib yubordi”.