“Anji” klubi 10 nafar futbolchi bilan xayrlashishga tayyorlanmoqda, deb xabar beradi Rossiyaning “Izvestiya” nashri ma’lumotiga asoslanib Uff.uz.

Odil Ahmedov. Foto: fc-anji.ru

Odil Ahmedov. Foto: fc-anji.ru

Klubdan Everton, Andrey Yeshenko, Odil Ahmedov, Ilya Maksimov, Giya Grigalava va Serder Serderovlar ketadi. Bundan tashqari, Diniyar Bilyalitdinov, Aleksandr Buxarov, Vladimir Bistrov va Fedor Smolov bilan ijara shartnomasi muddati uzaytirilmaydigan bo‘ldi.

“Anji” klubi quyi ligada legionerlarga qo‘yilgan limit tufayli yozda xorijlik futbolchilar bilan shartnoma imzolamaydi va faqat rossiyalik futbolchilarni o‘z tarkibiga jalb qiladi. Karlen Mkrchtyan, Aleksandr Aliyev va Aleksandr Yepuryanu kabi futbolchilar esa “Anji”da qolish istagini bildirgan.