Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boks bo‘yicha Geydar Aliyev xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir nihoyasiga yetdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Foto: eubcboxing.org

Foto: eubcboxing.org

O‘n ikkinchi bor tashkil etilgan mazkur xalqaro turnirda Ozarbayjon, O‘zbekiston, Rossiya, Vengriya, Gruziya, Qozog‘iston, Irlandiya, Latviya, Finlyandiya, Fransiya, Qirg‘iziston va Turkmaniston davlatlaridan 150 nafar sportchi 13 ta komplekt medallar uchun kurash olib bordi.

Qizg‘in kechgan bahslarning yakunlariga ko‘ra, Bexruz Rahmonov (-50 kg), Sanjar Tursunov (-70 kg) va Mironshoh Mavlonov (-80 kg) finalga qadar kechgan janglarni mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, kumush medal sovrindori bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasining yana uch nafar a’zosi Asadbek Malikov (-46 kg), Raxmatulloh Saidaliyev (-66 kg) hamda Rorimsha Profsor (-75 kg) xalqaro turnirning bronza medallari bilan taqdirlandi.

Shu tariqa uchtadan kumush va bronza medaliga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.