Navoiydagi 1-musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Diana Jongirova Bokuda o‘tkazilgan akademik ijro bo‘yicha xalqaro tanlovda ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi xabar berdi.

diana skripka

Foto: uz24.uz

Nashrning yozishicha, sakkiz yoshli skripkachi qiz  bundan avval ham respublikadagi turli tanlovlarda qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallagan.

Tanlovda O‘zbekiston sharafini musiqa va san’at maktablarining to‘qqiz nafar tarbiyalanuvchilari himoya qildi. Ular fortepiano, violonchel va skripkada mumtoz asarlarni ijro etishdi.