Beeline aloqa operatori 17—18-may kunlari Toshkent Davlat axborot texnologiyalari universitetining sport maydonchasida bo‘lib o‘tgan raqs sporti bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida bosh homiy bo‘ldi. Tadbir O‘zbekistonning ma’naviyat va sport vazirligi va Raqs sporti federatsiyasi tomonidan tashkil etildi. Bu haqda Beeline matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Beeline

Foto: Beeline

“Raqs sporti bo‘yicha mamlakat chempionati kabi katta sport bayramining bosh homiysi bo‘lish – katta sharaf va jiddiy mas’uliyat, — deydi kompaniyaning matbuot kotibi Yuliya Melentyeva. — O‘ylaymanki, ham tomoshabinlarda, ham ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldi”.

Foto: Beeline

Foto: Beeline

Turli yoshdagi raqs duetlari o‘zlarining eng yaxshi dasturlarini tomoshabinlarga namoyish etdi.

“Raqs sporti – bu yorqin chiqishlar va hissiyotlar, — deydi hakamlar hay’atining raisi Vasiliy Tsoy.— Ko‘p bolalar juda yosh bo‘lishiga qaramay yuksak mahoratga egadir. Bu yili Beeline chempionatimizni qo‘llab-quvvatlash istagini bildirganidan xursandmiz”.