Ichki ishlar vazirligi birlashgan tahririyati ijodiy jamoasining navbatdagi bevosita muloqoti yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlanadi. Bu haqda IIV rasmiy saytida e’lon berilgan, deb yozadi “Kun”.

Foto: publika.uz

Foto: publika.uz

Xabar berishlaricha, bevosita muloqot 27-may, seshanba kuni soat 10:00 dan 12:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Unda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining rahbarlari va yetakchi mutaxassislari ishtirok etadi.

Ularga quyidagi telefonlar orqali murojaat etish mumkin: 231-41-09, 230-34-07; faks: 255-51-39.

Savollar oldindan yozma ravishda 100070, Toshkent shahri, Shota Rustaveli 1-berk ko‘chasi, 1-uy pochta manzili yoki napostu@evo.uz, postda@evo.uz elektron pochta manzillari orqali ham qabul qilinadi.