O‘zbekistonlik rejissor va ssenariychi Qamara Kamolova Cheboksari xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi. Anhor.uz’ning yozishicha, kichik xalqlar kinematografiga bag‘ishlangan ushbu kinoanjumanda Kamolova hakamlar hay’ati a’zosi hisoblanadi.

Qamara Kamolova. Foto: polit.ru

Qamara Kamolova. Foto: polit.ru

Kamolovadan tashqari, festivalda rossiyalik aktrisa Inna Churikova, rejissor Gleb Panfilov (Rossiya), kinoshunos Xong Sangvu (Koreya), kinorejissor va ssenariychi Sebastyan Alarkon Ramon Ramires (Chili), festival prezidenti Karen Shaxnazarov, aktyor Aleksandr Pankratov-Chyorniy ham qatnashadi.

“Kun”ning xabar berishicha, Cheboksaridagi kinofestival doirasida tomoshabinlar e’tiboriga 12 filmdan iborat tanlov dasturi, milliy kinostudiyalarning 14 filmidan iborat tanlov dasturi va 40 kartinadan iborat tanlovdan tashqari dastur namoyish etiladi. Yettinchi Cheboksari kinofestivali 24-mayga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun: Qamara Kamolova 1938-yili Buxoro shahrida tug‘ilgan bo‘lib, O‘zbekistonning eng mashhur rejissor va ssenariychilaridan biri hisoblanadi.