Zamira Beshimova boshchiligidagi “To‘maris” nomli ilk rok yo‘nalishidagi guruhning birinchi videoklipi tayyor bo‘ldi. Bu haqda Popcorn.uz xabar berdi.

Zamira Beshimova. Foto: popcorn.uz

Zamira Beshimova. Foto: popcorn.uz

Xabarda ta’kidlanishicha, Ikrom ali rejissorligida suratga olingan “Gunoh qilma” taronasi videoklipi qiziqarli voqealarga boy. Qayd etish joiz, bu guruhning birinchi ijodiy mahsuli hisoblanadi.

Bundan tashqari, guruhning solisti Zamira Beshimova ayni damda yangi filmda ham suratga tushmoqda. Dilshod Ahmedov rejissorligida “To‘qlikka sho‘xlik”ning davomi suratga olinayotgan filmda aktrisa bosh rolni ijro etmoqda. Yoqub Ahmedov hamda Oydin Yusupova ham bosh rolda namoyon bo‘ladi.

Popcorn.uz’ning ma’lum qilishicha, “To‘maris” guruhi yaqinda yana bir yangi klip taqdim etishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, “Gunoh qilma” taronasi videoklipi Toshkentning Azia Trans Terminal qo‘shma korxonasida tasvirga olingan bo‘lib, unda 100 nafarga yaqin raqqos yigit-qiz ishtirok etgan.