Xakerlar onlayn oldi-sotdi maydoni – eBay ma’lumotlar bazasiga buzib kirdi. eBay’ning rasmiy xabarida aytilishicha, yomon niyatli kishilar qo‘liga shifrlangan parollar va boshqa shaxsiy ma’lumotlar tushgan bo‘lishi mumkin.

pic_92442ba98664de8ecf8216efedbbe224

Foto: "Kommersant"

Yaqin orada eBay o‘z saytida, shuningdek, foydalanuvchilarga alohida yuboriladigan xabarida ulardan o‘z akkauntlari parollarini almashtirishni so‘raydi.

Xakerlar hujumi fevral oxiri – mart boshlarida ro‘y bergan bo‘lib, eBay xodimlarining ro‘yxatga olish ma’lumotlari ularning qo‘liga tushgani ikki hafta avval, ma’lumotlar bazasiga kirilgani esa yaqinda ma’lum bo‘ldi.

Biroq bank kartalari haqidagi va maxfiy saqlanadigan shaxsiy ma’lumotlar ushbu bazada mavjud bo‘lmagan. “Servis bilan ishlashda foydalaniladigan moliyaviy ma’lumotlar shifrlangan formatda alohida saqlanadi”, - deyiladi kompaniya xabarida.

eBay’dagilar hujumdan so‘ng foydalanuvchilar akkauntlari orqali hech qanday firibgarlik faoliyati amalga oshirilmaganini ta’klidlamoqda. Biroq ular hodisa ko‘lamini oshkor qilmayapti.